Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi

  • 24 noyabr, 2024, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliya Premer-ligasining  12-turida “Manchester Siti” futbolchilari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Tottenxem”dan 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bu natija “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga murabbiylik faoliyatidagi bir necha antirekordlarni keltirdi.

Squawka statistika markazining ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida o‘z maydonida ilk bor to‘rtta gol farqi bilan mag‘lub etildi.

Gvardiola avval “Barselona” va “Bavariya”da ishlagan kezlari ham bundan sharmandali mag‘lubiyatga duch kelmagan.

Bundan tashqari, Gvardiola o‘zi to‘qnash kelgan jamoalar orasida eng ko‘p “Tottenxem”dan jabr ko‘rgan. “Shporlar” uning jamoasini to‘qqiz marotaba mag‘lub etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!