Gvardiola Husanov o‘rniga maydonga tushirgan yosh futbolchining o‘yinini qanday baholadi?

  • 7 aprel, 00:24
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola derbi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan yosh futbolchi Niko O’Raylining harakatlarini yuqori baholadi.

— Juda yaxshi! U o‘sha pozitsiyada, ayniqsa birinchi taymda, juda yaxshi o‘ynadi. Men undan juda mamnunman.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, O’Rayli o‘yin oxirida charchagan bo‘lsa-da, o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi:

— Niko so‘ngi daqiqalargacha, charchagan bo‘lsa-da, a’lo darajada o‘ynadi. Shu jihatdan qaraganda, men juda-juda qoniqdim, - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 12 aprel kuni soat 16:30 da "Kristal Pelas"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rest Lover
07/04/2025 09:50
Бу ракобат, бу капитализм. Шунга ку́ниш ва у́з у́рни учун Абдукодир курашиши керак. Мухлислар Абдурахмонни нотугри су́кишяпти, бунда Абдурахмонни зигирча хам айби йук