Gvardiola Husanov qachon debyut qilishini aytdi!

  • 24 yanvar, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga shov-shuvli transferidan keyin hamyurtimizning yangi jamoasida qachon debyut qilishi hammani qiziqtirib turgan eng dolzarb masalaga aylandi.

Tecno

Ta’kidlash lozimki, Angliyaning amaldagi chempioni bir hafta ichida uchta katta transferni rasman e’lon qildi. “Shaharliklar” birinchi bo‘lib “Lans”ni Abduqodir Husanovni Manchesterga qo‘yib yuborishga ko‘ndirgan bo‘lsa, ikkinchi transfer “Palmeyras”ning 18 yoshli markaziy himoyachisi Vitor Reys bo‘ldi.

Nihoyat, “Manchester Siti” hujum chizig‘iga “Ayntraxt” to‘purari Umar Marmushni olib keldi.

Xo‘sh, yangi o‘yinchilar qachondan chempion jamoaga yordam bera boshlaydi?

Bu savolga cityxtra.co.uk sayti jurnalisti Freddi Pay javob qidirdi.

- “Manchester Siti” rahbariyati Pep Gvardiola qo‘l ostida so‘nggi to‘rt yilda chempionlikni saqlab kelgan jamoa qudratini qayta tiklash maqsadida uch nafar yangi o‘yinchi olib kelganini rasman e’lon qildi.

Qishki transferlar vaqtida bu uch futbolchiga 120 million funt sterlingdan ko‘proq pul sarflanganiga qaramay, Chiki Begiristayn o‘z hamkasblari bilan birga yangi transferlar bo‘yicha ham ish olib bormoqda. “Manchester Siti” himoyani sezilarli darajada mustahkamladi, Umar Marmush yordamida hujum o‘tkirligini yanada oshiradi.

Hozircha, uch nafar yangi o‘yinchi UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqiga ega emas, biroq Angliya Premer-ligasidagi debyutini yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlari ko‘rishimiz mumkin.

Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi doirasida PSJ bilan o‘yin oldidan Parijda tashkil qilgan matbuot anjumanida yangi shogirdlari haqida iliq fikr bildirdi.

- Abduqodir Husanov shu erda, ya’ni Franuiyada o‘ynagan, jismonan baquvvat va noyob qobiliyatga ega futbolchi. U tezroq ingliz tilini o‘rganib olishi kerak. Vitor Reys esa, Braziliyaning yosh iste’dodi. Ularning kelganidan men behad xursandman, - dedi Gvardiola.

“Shaharliklar” bosh murabbiyi  yosh himoyachilarning jamoadagi debyuti haqidagi savollarga ham javob berib, “Chelsi”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan ularning har ikkisi ham o‘ynashga tayyor ekanini ma’lum qildi, - deb yozmoqda cityxtra.co.uk sayti jurnalisti Freddi Pay.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi “shaharliklar” uchun jami 50 million evroga tushdi. Manbalarga ko‘ra, legionerimiz yangi klubi bilan to‘rt yarim yillik shartnoma tuzdi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra, hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.

Demak, “Manchester Siti”da 45-raqamni tanlagan Abduqodir Husanov Angliya chempionatining navbatdagi turida “Chelsi”ga qarshi uchrashuvda debyut qilishi mumkin. Bu bahs 25 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da “Etixad” stadionida boshlanadi.

Husanovning Gvardiolani hayratga solgan uchta sifati aytildi!

Shomurodov jamoasida oxirgi imkon qoldi!

Husanovning transferi o‘zbek futbolchilari uchun Evropaga yo‘l ochadimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Saida'lo uzb
24/01/2025 22:55
Nasib qilsa ertaga tushadi...Abduqodir...
Qaysi kanaldan ko'rsa bo'ladi...Setanta tv ko'rsatadimi Beeline tv ilovasida... kim biladi yozvorina.