Gvardiola Husanovning sherigini qattiq maqtadi
Angliya Premier-ligasining 23-turida “Manchester Siti” futbolchilari “Etihad” arenada liga autsayderi “Vulverxempton”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu uchrashuvda “shaharliklar”ning yangi o‘yinchisi Mark Gexi debut qildi. Angliyalik futbolchi himoya markazida Abduqodir Husanov bilan birga o‘ynadi.
Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola Gexi haqida fikr bildirdi.
- Mark Gexi ko‘p yillarga keldi, bu haqiqatan ham ajoyib transfer. U ideal yoshda. Bu klub uchun uzoq yillar davomida aqlbovar qilmas darajadagi transfer.
Gexi unga suyanish mumkin bo‘lgan futbolchi, buni hatto dastlabki ikki mashg‘ulotdan keyin ham ko‘rish mumkin.
Uning harakati, muloqoti, vaziyatni ko‘rishi, pozitsiyalarni o‘qishi… Hammasi juda yuqori daraja, - dedi Gvardiola jurnalistlarga.
25 yoshli Mark Gexi “Manchester Siti”ga 23 million yevro evaziga “Kristal Pэlas”dan ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar