Gvardiola ikki jamoa bilan EChL finaliga chiqqan nechanchi murabbiy? Unga qadar bu tryukni kimlar amalga oshirgan?

  • 26 may, 2021, 06:00
  • 0
  • Futbol

Evropa Chempionlar Ligasi finaliga chiqish barcha murabbiylarning orzusi desak, adashmagan bo‘lamiz. Bir emas, ikki bor chiqish uchun esa, mahorat talab etiladi. Ikki xil jamoani hal qiluvchi bahsda ishtirok etishini ta’minlash faqat buyuk murabbiylar amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ish. Yaqinda Pep Gvardiola o‘z qora an’anasiga barham berib, «Manchester Siti»ni klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqa finaliga olib chiqdi. Shu tariqa, ispaniyalik mutaxassis ikki xil klub bilan finalga chiqqan 7-murabbiyga aylandi. Keling, bu ishni avval kimlar uddalagani borasida fikr yuritamiz.

Ottmar Xittsfeld

erkogoerkgeh

Evropa Chempionlar Kubogi EChLga o‘zgartirilgach, musobaqa tarixida g‘alaba qozonish ancha murakkablashdi. Format o‘zgargani sari yangi jamoalarga kurashga qo‘shilaverdi. Shu bois, faqat 2001 yilga kelibgina ikki klub bilan finalga chiqqan mutaxassis nomi ma’lum bo‘ldi.
Ottmar avvaliga «Borussiya» Dortmund bilan EChL bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. 1997/98 yilgi mavsumda uning shogirdlari finalda «Yuventus»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Ridlening dubli va Lars Rikken kiritgan gol “arilar”ning ajoyib g‘alabasini ta’min etdi.

Xittsfeld dortmundliklarni Evropaning eng kuchli klubiga aylantirgach, «Bavariya» bilan shartnoma imzoladi. Qahramonimiz avvaliga finalda «Manchester Yunayted»ga mag‘lub bo‘ldi. O‘sha afsonaviy 2 daqiqa qurboniga aylangan bo‘lsa-da, 2 yil o‘tib, o‘z maqsadiga erishdi. Shveytsariyalik mutaxassis uchinchi urinishda «Bavariya»ni 2001 yilgi finalga boshlab keldi. «Valensiya» bilan bahsda penaltilar seriyasi hammasini hal qildi. Shu tariqa, Ottmar ikki xil klub bilan Evropa Chempionlar Ligasida zafar quchgan ilk murabbiyga aylandi.

Lui Van Gal

gkweokgowekgw_1

Gollandiyalik «Ayaks»dagi faoliyatini juda yorqin boshladi. Avvaliga (1995 yil) «Milan»ni Evropa Chempionlar Ligasi finalida 1:0 natijasi bilan dog‘da qoldirgan bo‘lsa, bir yil o‘tib «Yuventus»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Qahramonimiz o‘z faoliyatidagi keyingi finalni naqd 14 yil kutishiga to‘g‘ri keldi.

«Bavariya»da ish boshlagan mutaxassis 2010 yilda finalga qadar muammosiz etib keldi, lekin Joze Mourinoni engishni uddalay olmadi. Shogirdi hal qiluvchi 90 daqiqada undan bir qadam oldinda bo‘ldi. Yakunda, «Bavariya - «Inter» 0:2! E’tiborlisi shundaki, portugaliyalik mutaxassis ham o‘sha oqshom o‘z faoliyatidagi ikkinchi jamoasini finalga boshlab tushgan edi.

Joze Mourino

adad

«Benazir»ning «Portu» bilan boshdan o‘tkazgan sarguzashtlari haqida soatlab fikr bildirish mumkin. 2004 yilda turnir finaliga «Portu» etib kelishi hech kimning tushiga ham kirmagan edi desak, adashmagan bo‘lamiz. Lui Van Galning shogirdi «ajdarlar» bilan shunchaki dahshatli mavsum o‘tkazdi. Pley-offdagi hamma o‘yinda g‘alaba qozongani etmaganidek, finalda «Monako»ni 3:0 natijasi bilan ranjitdi.

Oradan 6 yil o‘tib, Mourino «Inter» bilan butun dunyoni o‘zi haqida fikr bildirishga majbur qildi. Suyagi qariya futbolchilardan tashkil topgan klub «Santyago Bernabeu»da «Bavariya»ga hech qanday imkon qoldirmadi. Diego Milito urgan ikki gol nemislarni imkonsiz vaziyatga tushirib qo‘ydi.

Yup Xaynkes

kerokgoekrh

«Bavariya» ko‘p o‘tmay Evropadagi eng kuchli klub nomini qaytarib oldi. Bunga tajribali murabbiy Yup Xaynkes asosiy sabab. U ham Van Gal singari 14 yillik tanaffusdan keyin EChL finalida qatnashdi. 1998 yilda Yup «Real» Madridni qit’ada tengsiz bo‘lishi uchun bor kuchini sarflagan edi. «Yuventus»ni minimal hisobda enggan mutaxassis 14 yildan so‘ng, «Bavariya» bilan yana oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

Bu safar yosh va qiziqqon Yurgen Kloppning «Borussiya Dortmund» jamoasi «Bavariya»ga qarshilik qildi. Asosiy vaqt 1:1 natijasi bilan yakun topishi mumkin edi, ammo buni Aren Robben istamadi. U kiritgan gol nemislarni yana taxtga qaytardi. O‘sha uchrashuvdan so‘ng, barcha muxlislar «Alyants Arena»dagi omadsizlikni unutib yubordi. Gap shundaki, bir yil avval Xaynkesning «Bavariya»si o‘z uyida «Chelsi»ni engga olmagan, penaltilar seriyasida kubokni qo‘ldan chiqargan edi.

Karlo Anchelotti

keorkhoekhe

Ochig‘i, Evropa Chempionlar Ligasi finalida murabbiy sifatida ishtirok etishda hech kim Karlo Anchelottining oldiga tusha olmaydi. Avvaliga 2002/03-ylgi mavsumda «Milan» bilan oltin medal. 2 yildan so‘ng Istanbuldagi triller! 2007 yilda «Liverpul»dan olingan revansh! Oradan 7 yil o‘tgach, Karlo ota «Real» Madridning uzoq kutilgan 10-chempionligini ta’minlab berdi. Uning shogirdlari finalda «Atletiko» Madridga (4:1) hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Vaholanki, 89-daqiqada «qirollik klubi» 0:1 natijasi bilan ortda qolayotgan edi.

Karlo Anchelottining har bir final bahsi drama va 4 final haqida film suratga olish mumkin. Sayyoramizda EChL finallari bobida hech kim italiyalik murabbiy singari boy tajribaga ega emas desak, adashmagan bo‘lamiz.

Yurgen Klopp

kkreogkeorkgerg

Gvardiolaga qadar bu tryukni amalga oshirgan Yurgen Klopp ro‘yxatimizni yakunlab beradi. U yuqorida eslab o‘tganimizdek 2013 yilda »Borussiya«ni finalga olib chiqadi. «Bavariya» bilan asabiy o‘tgan o‘yin 1:2 natijasi bilan yakunlanadi. 2018 yilga kelib endi «Liverpul» uning qo‘l ostida Evropaning eng kuchli klubi bo‘lishi mumkin edi, lekin «Real» Lorius Karius yordamida inglizlarni 3:1 hisobida taslim etdi. 2019 yilda Klopp abadiy omadsiz tamg‘asini o‘zidan butkul olib tashladi. «Enfild» egalari finalda Angliyaning boshqa bir klubi - «Tottenxem»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 2:0 natijasi tabloda ko‘rinish berishi uchun Muhammad Saloh va Divok Origi ulkan hissa qo‘shdi. Murabbiylar duelida Kloppga engilgan Mauriso Pochettino bu gal yarim finalda Pep Gvardiolani finalga kuzatib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!