Gvardiola "Inter"ga qarshi bo‘ladigan final haqida gapirdi

  • 18.05.2023 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining "Inter"ga qarshi bo‘ladigan Chempionlar ligasi finali haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Italiya klubiga qarshi final eng yaxshi variant emas. Ular juda raqobatbardosh jamoalar. Ammo bu o‘yinga ruhiy jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqtimiz bor", - dedi ispaniyalik mutaxassi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi yarim finalining javob o‘yinida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Real"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “shaharliklar” Ispaniya grandini 5:1 hisobida taslim etishdi.

Chempionlar ligasi finali esa 10 iyun kuni Istanbulda (Turkiya) bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!