Gvardiola Italiyadagi yulduzni kutyapti
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa tarkibini yanada kuchaytirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilarni tanlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Caught Offside nashrining yozishicha, “shaharliklar” jamoaga “Atalanta” hujumchisi Ademola Lukmanni olib kelish variantlarini o‘rganib chiqmoqda. Aslida 27 yoshli forvardga “Inter” asosiy da’vogar edi.
Manbaning ma’lum qilishicha, milanliklar Lukman transferi bo‘yicha bergamoliklar bilan badal summasini kelisha olmagan va transfer barbod bo‘lgan.
Nigeriyalik futbolchiga avvaldan “Arsenal” va “Chelsi” ham qiziqish bildirayotgan edi. Biroq ular amaliy harakatlarga o‘tgani yo‘q.
Transfermarkt portali ekspertlari Lukmanning narxini 60 million evroga baholayapti. Uning “Atalanta” bilan shartnomasi yana ikki mavsum davom etishi belgilangan.

Fikrlar