Gvardiola jamoani kuchaytiradigan futbolchi topdi

  • 31 iyul, 2022, 22:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa hujumkorligini oshiradigan o‘yinchi topdi.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis klub mutasaddilaridan “Lion” hujumkor futbolchisi Lukas Paketani olib kelishni so‘ramoqda.

Braziliyalik futbolchiga “Arsenal” va “Tottenxem” ham xaridor hisoblanadi. Manchesterliklar masalani tezroq hal qilish uchun frantsuzlarga 80 million evro miqdorida badal puli bermoqchi.

Gvardiola Paketani Bernardu Silvaga o‘rinbosar sifatida olib keladi. Chunki portugaliyalik futbolchiga “Barselona” va “Real” da’vogarlik qilmoqda. Silvaning o‘zi ham Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tish niyatida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!