
Gvardiola ketma-ket 5 ta maglubiyatga izoh berdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning ketma-ket 5 ta mag‘lubiyatiga izoh berdi.
“Mavsum boshida birinchi edik, lekin hozir ikkinchi o‘rindamiz. Muammo natijalarda emas, o‘yinimizda. Ilk turlarni yaxshi o‘tkazdik, “Bornmut”ga qarshisini hisobga olmasak albatta.
Biz bir yoki ikkita muhim o‘yinchini o‘rnini berkitishimiz mumkin. Biroq, birdaniga 4-5 asosiy futbolchilarni pozitsiyasi emas. Shu sababli, ko‘p mag‘lubiyatga uchrashimiz kutilgan edi”,-dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar