Gvardiola ketsa, “Siti” uchta murabbiydan birini olib keladi

  • 03.02.2026 10:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" sobiq ustozi Xabi Alonso, "Chelsi" sobiq ustozi Enzo Mareska va "Komo" ustozi Sesk Fabregas Xosep Gvardiola iste'foga chiqarilgan taqdirda "Manchester Siti" bosh murabbiyligiga asosiy da'vogarlar ro'yxatidan o'rin olgan, deb yozadi The Telegraph.

Avvalroq, Gvardiola joriy mavsum yakunida "Manchester Siti"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Gvardiola 2016 yilning yozidan buyon "Manchester Siti" bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa olti marta Angliya chempionligini, ikki marta Angliya kubogini, to'rt marta Angliya liga kubogini qo'lga kiritdi. 2023 yilda "shaharliklar" Chempionlar Ligasi g'olibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!