Gvardiola: Kimdir Messi uchun 300 million to‘lashga tayyor ekanmi, demak ularda bu imkoniyat bor
Angliyaning “Manchester Siti” klubi ustozi Xosep Gvardiola “shaharliklar”ning 300 mln evro evaziga “Barselona” hujumchisi Lionel Messini harid qilishi mumkinligini inkor etmadi.
Ispaniyalik mutaxassis kecha bo‘lib o‘tgan “Everton”ga (1:1) qarshi bahsdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu haqdagi savolga quyidagicha javob berdi:
“Kimdir Messi uchun 300 million to‘lashga tayyor ekanmi, demak ularda bu imkoniyat bor”.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli argentinalik futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng nihoyasiga etadi. Biroq, Messi haligacha “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirganicha yo‘q.



Fikrlar