Gvardiola: Ko‘p insonlar "Liverpul" chempion bo‘lishiga ishonishadi

CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL doirasida "Lester" ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Men "Lester"dan xujumkor o‘yin kutgandim, biroq raqibimiz chuqur himoyada to‘p tepdi. Biz ikkala bo‘limda ajoyib o‘yin ko‘rsatdik, shu sababdan ham "Siti" birinchi o‘rinda.

Kompani "shaharliklar" safida 10 yildan buyon to‘p tepadi, u Jo Xart va Pablo Sabaletalar bilan birga ushbu jamoani shaklantirgan.

"Brayton"ning "Arsenal"ga qarshi qanday harakat qilganini barchamiz guvohi bo‘ldik, shu sababdan ham oldinda jamoamiz kuchli raqibga qarshi maydonga tushishini bilamiz.

Ko‘p insonlar va OAV chempionatda etakchilik "Liverpul" qo‘lida bo‘lishiga ishonishardi, biroq bugungi kunga kelib "Manchester Siti" g‘alaba qozonishga yaqin turibdi, - deya Pepning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!