Gvardiola "Liverpul"ga qarshi uchrashuv erta boshlanishini tanqid qildi

  • 25 noyabr, 2023, 14:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pep Gvardiola "Liverpul"ga qarshi o‘yinning erta boshlanishi haqida gapirdi.

Tecno

APLning 13-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida mersisaydliklarni qabul qiladi. O‘yin bugun, 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi va mahalliy vaqt bilan 12:30da (Toshkent vaqti bilan 17:30) boshlanadi.

"Iltimos, buning uchun "Manchester Siti"ni ayblamang. Bizning bunga aloqamiz yo‘q. APLning qadrini yo‘qotyapmiz. O‘yinning erta boshlanishi bizning aybimiz emas”, - dedi “shaharliklar” bosh murabbiyi.

Premer-liganing 12-turidan keyin “Siti” 28 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Liverpul" 27 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etgan. 



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!