
Gvardiola “Manchester Siti”ni qutqaradigan uch futbolchi topdi
Joriy mavsumni kutilgan darajada o‘tkaza olmayotgan “Manchester Siti” tarkibida ham jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi.
Bosh murabbiy Xosep Gvardiola hozirdan o‘ziga mos yangi ijrochilarni tanlay boshladi. Evropa matbuotining yozishicha, ispaniyalik mutaxassis ayni paytda uchta futbolchini nishonga olgan.
“Shaharliklar” maydon markazini “Bavariya” yulduzi Yozua Kimmix yordamida kuchaytirmoqchi. Gvardiola bu futbolchiga “Bavariya”da ishlagan davrda ustozlik qilgan va uning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Qolaversa, Kimmix yozda erkin agent maqomini oladi.
Mark Gexi Angliya Premer-ligasi kashfiyotlaridan hisoblanadi. Manchesterliklar “Kristal Pelas”ni yanvar oyidayoq himoyachini qo‘yib yuborishga ko‘ndirmoqchi. Agar bu transfer o‘xshamasa, Mark Gexi masalasi yozda hal etiladi.
Uchinchi nomzod bir qator klublar nishonida turgan Jarrad Brentueyt. “Everton”ning 22 yoshli markaziy himoyachisi juda yuqori saviyada o‘ynayapti. Brentueytning o‘zi ham grand klublardan birini tanlashga moyillik bildirgan.
Fikrlar