Gvardiola: Menga yangi shartnoma kerak

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘zining kelajagi borasida gapirdi.

"Men shu erda qolishni istardim. Men bu joyni yaxshi ko‘raman, ammo menga yangi shartnoma kerak. So‘nggi 10 yil ichida klubda yuqori talablar yuzaga keldi.

Bu haqida rahbariyat menga hech narsa gapirmadi, menga ishlashda davom etishim kerakligini aytishdi. Men klubning maqsadlari qanday yuqori ekanligini yaxshi bilaman. Agar men ularga erisha olmasam, unda yangi bitimga loyiq emasman. Shartnomani yangilash uchun men g‘alabaga erishishim kerak bo‘ladi", - dedi Gvardiola.

Ispaniyalik mutaxassisning "shaxarliklar" bilan shartnomasi 2020/21 yilgi mavsum so‘nggigacha amal qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Gvardiola ingliz klubi bilan bitimni 2022 yilgacha uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!