Gvardiola Messiga qanday baho berdi?

  • 23.05.2021 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Barselona” etakchisi Lionel Messiga nisbatan o‘z fikr va mulohazalarini aytib o‘tdi.

- Messi hayratlanarli darajada kuchli va eng yaxshi o‘yinchi. Bu uning xarakteri va mentalitetiga tegishli baho. U hatto mashg‘ulotdagi uchrashuvlarda yutqazishni hazm qila olmaydi. Shunday bo‘lib qolsa, mashg‘ulotlardan chiqib ketadi. Bu uning mentaliteti bilan bog‘liq. Uning mahoratini alohida tilga olish shart emas. Messi istalgan joyda zo‘r o‘ynay oladi, - dedi Xosep Gvardiola.

Ma’lumki, Xosep Gvardiola “Barselona”ni boshqargan davrda Lionel Messi bu ustozi qo‘l ostida juda ko‘p sovrinlarga ega chiqqan.

Joriy mavsumda argentinalik hujumchi Ispaniya chempionligidan quruq qolgan bo‘lsa, Gvardiola “Manchester Siti”ni Angliya premer-ligasi g‘olibiga aylantirdi va endi Chempionlar ligasi bosh sovriniga da’vogar bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!