
Gvardiola “Messining vorisini” olib keladi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa tarkibini “Barselona”dan norozi bo‘lib yurgan Ansu Fati bilan kuchaytirmoqchi.
20 yoshli futbolchi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ikki yil oldin porlay boshlagan futbolchiga klub rahbarlari Messining vorisi sifatida qaray boshladi va unga 10-raqamni taqdim qilishdi.
Biroq, Ansu Fati ikki marta og‘ir jarohat olganidan keyin avvalgi darajasiga ko‘tarila olmadi. Endi Xavi Ernandes unga etarlicha o‘yin amaliyoti berayotgani yo‘q.
Iste’dodli hujumkor futbolchi Kataloniyadan ketishni rejalashtirmoqda. “Shaharliklar” bundan foydalanib qolishi mumkin. Garchi badal puli bir milliard evro qilib belgilangan bo‘lsa-da, “Barselona” uni ancha arzonga qo‘yib yuboradi.
Fikrlar