Gvardiola nega Husanov zaxira o‘rindig‘ida qolib ketayotganining asosiy sababi haqida gapirdi

  • 2 may, 13:14
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola milliy terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirib, nega "Bornmut"ga qarshi almashtirilgani va keyingi uchrashuvlarda ishtirok etmayotgani haqida gapirdi.

Tecno

"Sabablardan biri — Husanovda sariq kartochka bor edi va men xatarga bormoqchi emasdim. Shu bilan birga, chap qanotdan hujumni kuchaytirmoqchi edik.

O‘sha paytda men Niko O’Rayli bunchalik ko‘p daqiqa o‘ynaydi deb o‘ylamagandim. Yoshko Gvardiol esa markazga o‘tdi. 

Shundan kelib chiqadiki - hech qachon asosiy tarkibdagi joyingiz kafolatlanmagan. Bundan tashqari, ertaga o‘ynayman deb o‘ylashingiz ham xato ekanligini anglatadi.

Nunes, O’Rayli va Gvardiol yaxshi o‘ynayapti, barqaror. Bizda yaxshi o‘yin uslubi shakllangan va ularning o‘zaro uyg‘unligi ham yaxshi. Sababi faqat shu" - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida, 20 yoshli hamyurtimiz "Bornmut"ga qarshi 1 bo‘lim harakat qilganidan so‘ng "Lester"ga qarshi qaydnomaga ham kiritilmagan edi. Shunday bo‘lsa ham himoyachimiz undan keyingi 5 ta uchrashuvda zaxira o‘rindig‘ida qolib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Давлат
02/05/2025 16:22
Машхурбекни хит булган ашуласини эшитинглар Мендаам, менданам ......