Gvardiola Neymarni nima sabab rad etdi?

  • 1 may, 2023, 15:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJga tegishli bo‘lgan braziliyalik hujumchi Neymar "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. Biroq “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tufayli bu transfer amalga oshishi dargumon.

Tecno

"Goal" nashrining xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis 31 yoshli yulduz futbolchining transferiga qarshi. Gvardiola Neymarning maydon tashqarisidagi xatti-harakatlaridan mamnun emas. Braziliyalik ko‘pincha turli kechalarda qatnashishni yaxshi ko‘radi, bu esa Pepga yoqmaydi.

Neymar 2017 yilning avgustidan beri PSJda o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. "Transfermarkt" portali Neymarni 70 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!