
Gvardiola: “Potterga vaqt kerak”
“Manchester Siti” Angliya kubogi doirasida “Chelsi”ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindan keyin “aristokratlar” bosh murabbiyi Grem Potter ketishi kerakligi haqida fikrlar bildirilmoqda. "Shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola ham vaziyatga baho berdi.
“Men Todd Boulidan unga imkon berishini so‘ragan bo‘lardim. Xar qanday murabbiyga vaqt kerak. “Barselona”da menga 2 yil kerak bo‘lmagan. Sababi, bizda Messi bor edi”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “Chelsi”ni oldinda Premer-liga doirasida “Fulxem”ga qarshi o‘yin kutmoqda.
Fikrlar