
Gvardiola qur’a haqida: Bizda boshqa tanlov yo‘q
Pep Gvardiola "Real Madrid"ni Chempionlar ligasi qirollari deb atadi.
EChL chorak finalida "Manchester Siti" Ispaniya grandiga qarshi maydonga chiqadi.
"Bizda boshqa tanlov yo‘q. Bu allaqachon an’anaga aylanib qolganga o‘xshaydi. Biz ketma-ket uchinchi mavsum turnir qirollari bilan o‘ynaymiz.
Qur’a siz nazorat qila olmaydigan narsa. Agar odamlar hammasi oson deyishsa, ular raqiblarning imkoniyatlarini past baholagan bo‘ladi", - dedi "shaharliklar" ustozi.
Fikrlar