Gvardiola: “Rangnik - pressingli futbol bo‘yicha etuk mutaxassis“

  • 5 mart, 2022, 04:12
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti“ bosh murabbiyi Xosep Gvardiola MYuga qarshi derbi oldidan o‘z fikrlarini ma’lum qildi. Shuningdek, Pep hamkasbi Rangnik haqida ham gapirib o‘tdi.

“Rangnik - pressing bo‘yicha mutaxassis. U bu borada hammadan kuchliroq.

APLda bunday futbolni nemis mutaxassislari maromiga etkazib, ijro etadi. Bunga misol tariqasida “Liverpul“, “Chelsi“ va “Sautgempton“ni ko‘rsatishim mumkin.

Umuman olganda, Ralf MYuda islohotlar amalga oshira oldi. Avval ham aytganman, MYu u bilan o‘sishga erishdi“, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!