Gvardiola “Chelsi”ning eng zo‘r o‘yinchisini tortib olmoqchi

  • 27 may, 2022, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evening Standard nashrining xabar berishicha, “Manchester Siti” bosh murabbiyi nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham raqiblarni ayamaydi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, ispaniyalik mutaxassis “Chelsi”dan jamoaning eng zo‘r o‘yinchilaridan biri Meyson Mauntni o‘z shogirdlari qatoriga qo‘shib olmoqchi. “Chelsi” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 23 yoshli hujumkor futbolchining shartnomasi yana ikki yil davom etadi.

“Aristokratlar” unga haftasiga 160 ming funt ko‘rsatilgan yangi bitim bermoqchi. Lekin “Manchester Siti” xo‘jayinlari katta maosh taklif qilish orqali iste’dodli o‘yinchini o‘z jamoasiga og‘dirishga urinmoqda.

Maunt yakunlangan mavsumda jamoaning eng sermahsul o‘yinchisi bo‘ldi. U jami 53 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 16 ta golli pas uzatdi. Uning transferi 75 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!