
Gvardiola raqibning qimmat hujumchisini ko‘zladi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa hujumida tinimsiz gol urayotgan Erling Xoland borligiga qaramay, yana bir yuqori darajali forvard olib kelishga qaror qilgan.
Jurnalist Din Jons tarqatgan xabarga qaraganda, ispaniyalik mutaxassis “Arsenal”ning etakchilaridan biri Bukayo Sakani Manchesterga ko‘chirib kelmoqchi.
Bu hujumchining “kanonirlar” bilan kelishuvi 2024 yilning yozida tugaydi va agar u hozirgi klubi bilan yangi bitim imzolamasa, londonliklar kelasi yoz o‘z futbolchisini sotib yuborishiga to‘hri keladi.
Transfermarkt portali iste’dodli o‘yinchini 70 million evroga baholamoqda.
Fikrlar