Gvardiola: Ronaldu 75 yoshida ham gol uradi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ashaddiy raqib - “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
- Ronaldu umr bo‘yi gol uradigan hujumchi. U 75 ga kirganida ham to‘p kirita oladi. O‘shanda u faoliyatini tugatgan bo‘ladi, biroq dam olish jarayonida, barbekyu pishirayotganda futbol o‘ynab, gol uradi.
Ronalduning “Yunayted”ga qaytgani Angliya premer-ligasi uchun foyda. “Manchester Yunayted” va Ronaldu bir-biri uchun yaratilgandek. Bu yaxshi va oldin ham shunday bo‘lgan, - dedi Xosep Gvardiola.
Angliya premer-ligasining 11-turida Manchesterning ikki klubi o‘zaro to‘qnash keladi. Bahs 6 noyabo kuni Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.

Fikrlar