Gvardiola shogirdi, APLdagi hozirgi asosiy raqibidan xursand

  • 19 yanvar, 2023, 20:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Artetaning muvaffaqiyatini yuqori baholadi. "Kanonirlar" ustozi bungacha "shaharliklar" tarkibida Gvardiolaning yordamchisi sifatida ishlagan.

"Men Artetaning muvaffaqiyatidan juda mamnunman. Mikel hali ham u "Manchester Siti"da bo‘lganida, ko‘p narsani o‘rganganimni bilmaydi", - dedi ispaniyalik mutaxassis "Tottenxem"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

"Arsenal" ayni damda chempionlik uchun kurashda manchesterliklardan 8 ochko oldinda. Londonliklar 2004 yilda Arsen Venger muvaffaqiyat qozonganidan keyin birinchi marta APL chempionligini qo‘lga kiritishlari mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!