Gvardiola shogirdidan tanbeh eshitdi

  • 17.04.2022 17:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Jek Grilish Angliya kubogi yarim finalida “Liverpul”dan uchralgan mag‘lubiyat (2:3) haqida fikr bildirdi.

Tecno

26 yoshli vinger joriy mavsumda “shaharliklar” APL va Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olishiga umid bildirdi va shu bilan birga jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani ham tanqid qildi.

“Premer-ligada iqtidorli va tajribali futbolchilari ko‘p bo‘lgan yana bir jamoa bo‘lishi dargumon. Biz faqat o‘zimizni qo‘lga olishimiz va oldinga intilishimiz kerak.

Birinchi bo‘lim biz xohlagandek o‘tmadi. Tanaffusdan so‘ng Gvardiola bir nechta almashtirishlarni amalga oshirdi, menimcha, bu juda kech edi”, - dedi Grilish Goal nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, angliyalik futbolchi bu mag‘lubiyat uchun uzr so‘rashni istamadi va muvaffaqiyatsizlikka asosiy sabab sifatida jamoaning o‘yinga juda kech qo‘shilganini ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 17 aprel kuni Angliya kubogi 1/2 finalining ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tadi va unda "Chelsi" va "Kristal Pelas" klublari to‘qnash kelishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:30da boshlanadi. Final 14 mayga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!