
Gvardiola shogirdidan voz kechishga tayyor!
“Manchester Siti” yozgi transferlar vaqtida etakchi yarim himoyachilaridan hisoblangan Bernardu Silvani transferga qo‘yishga qaror qildi.
Klub xo‘jayinlari uning transferidan keladigan mablag‘ evaziga “Barselona”ga o‘tib ketgan Serxio Agueroning o‘rnini bosa oladigan to‘purar hujumchi olishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, “shaharliklar” norvegiyalik hujumchi Erling Xolandni olishni orzu qilayotganini ham alohida ta’kidlash lozim.
26 yoshli Bernardu Silva 2017 yildan beri Manchester jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha imzolangan.
Yakunlangan mavsumda portugaliyalik yarim himoyachi barcha turnirlarda 45 ta uchrashuv o‘tkazib, beshta gol va 9 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar