Gvardiola: "Siti" besh yil ichida APLda xarajatlar bo‘yicha yettinchi o‘rinda, men esa birinchi bo‘lishni istayman!
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klublarning transferlarga sarflayotgan xarajatlari haqida kinoya bilan gapirdi.
"Men biroz xafa bo‘ldim va ranjidim, chunki so‘nggi besh yildagi xarajatlar bo‘yicha "Manchester Siti" Premer-ligada yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Men birinchi bo‘lishni istayman! Klub nega ko‘proq pul sarflamayotganini tushunmayapman. Shuning uchun biroz noroziman!
Lekin "Manchester Siti" ko‘p pul sarflaganini inobatga olsak, xuddi shu mantiqqa ko‘ra, endi oltita jamoa Premer-liga, Chempionlar Ligasi, Angliya Kubogini yutishi kerak, chunki ular so‘nggi besh yilda ko‘proq pul sarflagan. Bu faktlar. Buni fikr deb bo‘lmasdi...
Oxirgi besh yilda xarajatlar bo‘yicha bizdan oldinda bo‘lgan oltita jamoaga omad tilaymiz, olg‘a! Men kutyapman", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 2021/2022 yildgi mavsumdan buyon "Manchester Siti" 1,10 mlrd yevro sarflagan.

Fikrlar