Gvardiola "Siti"dan ketsa, uning o‘rniga kim kelishi mumkin?

  • 16 fevral, 2020, 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi rahbariyati bosh murabbiy Xosep Gvardiola jamoani tark etgan taqdirda uning o‘rniga keladigan nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

The Telegraph nashrining yozishicha ushbu lavozimga asosiy nomzodlar "Lester" ustozi Brendan Rojers va "Tottenxem"ning sobiq ustozi Maurisio Pochettinolardir.

Eslatib o‘tamiz, UEFA “Manchester Siti”ni 2 mavsumga Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqidan maxrum qildi. “Shaharliklar” esa ushbu qaror yuzasida apellyatsiya berishmoqchi. Ammo, u rad etilsa, Gvardiola ham jamoadan ketishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!