Gvardiola: UEFA "Manchester Siti"ni jazolamaydi

  • 8 dekabr, 2018, 15:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola moliyaviy feyr-pley qoidasini buzganligi uchun “shaharliklar” UEFA tomonidan jiddiy jazolanishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

“Jamoamizga sanktsiyalar joriy etilmaydi. Men bu gapni “Manchester Siti” rahbariyatining menga aytgan gaplaridan kelib chiqqan holda gapiryapman. Agar UEFA bizni jazolasa ham, biz baribir olg‘a intilaveramiz”, - deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq moliyaviy feyr-pleyga amal qilmagani uchun UEFA “Manchester Siti”ni Chempionlar ligasidan chetlatishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!