
Gvardiola xatosidan afsus qilmaydi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z vaqtida Jeydon Sanchoning sotib yuborilishiga ruxsat bergani xato bo‘lganini tan olmadi.
Sancho 2017 yildan “Borussiya”ga ko‘chib o‘tganidan keyin, 20 yoshida dortmundliklar safida Bundesligada 102 ta uchrashuvda 37 ta gol urdi va 52 ta golli pas oshirdi. Ayni paytda angliyalik yarim himoyachi xaridori ko‘p bo‘lgan o‘yinchilardan hisoblanadi.
Xususan, Sanchoga “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, hatto “Siti”ning o‘zi ham xaridor bo‘lmoqda.
- Men avval ham bir necha bor aytganimdek, Sanchoning ketganidan afsusda emasman. Qarorni u qabul qilgan. Uning ishlari yurishib ketdi, tabriklashdan boshqa chora yo‘q.
U Angliya terma jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi va katta iste’dod sohibi sifatida Dortmundda zo‘r o‘ynayapti. Biz uning klubda qolishini istaganmiz, u esa ketishni ma’qul ko‘rgan. Kimdir ketishni istasa, biz uni qo‘yib yuborishga majburmiz, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar