Gvardiola: "Xoland yana ko‘proq gol urishi mumkin"

  • 29 dekabr, 2022, 09:29
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer ligasi 17-turidan o‘rin olgan "Lids" - "Manchester Siti" uchrashuvidan (1:3) keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola dubl qayd etgan shogirdi Erling Xoland haqida fikr bildirdi.

"Biz ancha yaxshi harakat qildik, ayniqsa, raqibning ko‘proq hududlari ochilib qolgan ikkinchi taymda.

Jahon chempionatidan so‘ng bunday o‘yin namoyish etishimizni hech kim kutmagandi. Bugun to‘p bilan ishlashda ajoyib harakat qildik. Yarim himoyada Lyuis hamda Rodrini to‘xtatib bo‘lmadi.

Xoland etarliga to‘p kiritmoqda, ammo u yanada ko‘proq gol urishi mumkin. Erling bizga juda katta yordam beryapti",-dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!