
Gvardiola Xolanddan xavotirda
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning asosiy hujumchisi Erling Xoland optimal sport formasiga chiqa olmayotganidan norozi.
Aksariyat jamoadoshlaridan farqli ravishda norvegiyalik hujumchi jahon chempionatida ishtirok etmadi va o‘yin amaliyotisiz qoldi.
Dam olish jarayonida esa, sport formasini ushlab turish juda murakkab masala hisoblanadi.
- Jahon chempionatida to‘p tepgan futbolchilarimiz Qatarga bormagan o‘yinchilarga qaraganda ancha yaxshi holatda. Serxio Gomes, Erling Xoland va Riyod Mahrezga konditsiya etishmayapti. Jahon chempionatiga borganlar har kuni mashg‘ulotda qatnashgan, maydonda to‘p tepgan. Ular ritmni saqlab turibdi, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar