
Gvardiola Xolandga sherik olib keladi
“Manchester Siti” rahbariyati jamoa hujumida dunyoning eng zo‘r to‘purarlaridan biri Erling Xoland o‘ynayotgani va u muntazam to‘p kiritayotganiga qaramay, yana bir yulduz forvardni olib kelishni rejalashtirmoqda.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z shogirdlari orasida “Milan”ning o‘tgan mavsumda chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Rafael Leauni ko‘rmoqchi.
Manchester Evening News nashrining yozishicha, manchesterliklar 23 yoshli portugaliyalik uchun talab qilinayotgan 70 million evroni to‘lashga tayyor.
Joriy mavsumda oltita o‘yinda raqiblar darvozasini uch bor ishg‘ol qilib, yana uch marta jamoadoshlariga golli pas uzatgan hujumchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar