
Gvardiola Xolandni chetlatish talabiga munosabat bildirdi
Angliyada “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandning sermahsul natijalari shubhaga olinib, uni “robot” ekanini tekshirish va futbol chetlatish bo‘yicha petitsiya e’lon qilindi va uni ikki million kishi imzoladi.
Bu ish hazil tariqasida amalga oshirildi. Unga “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham munosabat bildirdi.
- Petitsiya haqida nimalar deyishim mumkin? Bu yaxshi hazil bo‘ldi, - dedi Xosep Gvardiola.
Erling Xoland Angliya klubidagi debyut mavsumida barcha turnirlarda 12 ta uchrashuvda jami 19 ta to‘p kiritdi va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar