Gvardiola Xolandning "Borussiya D" darvozasiga kiritgan goli haqida gapirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola norvegiyalik futbolchi Erlin Xolandning Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Borussiya" Dortmunga qarshi o‘yinda (2:1) kiritgan goli Yoxan Kroyffning gollaridan birini eslatganini aytdi.
“Ajoyib gol. Esimda, ancha oldin Yoxan Kroyff "Atletiko" Madrid darvozasiga xuddi shunday gol urgandi. Erlinning Kroyffga taqlid qilgani ma’qul", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi "Mirror".
“Manchester Siti” – “Borussiya” uchrashuvi 14 sentyabr kuni “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tdi. Xolandning sobiq jamoasi darvozasiga urgan hal qiluvchi gol uning joriy mavsumdagi 13-goli bo‘ldi.
Fikrlar