
Gvardiola yana bir jabhada Kloppni ortda qoldirdi
Angliya Premer-ligasining 23-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Aston Villa”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
E’tiborlisi, bu “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun Angliya Premer-ligasidagi 184-g‘alaba bo‘ldi. Buning uchun unga 250 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Bundan tashqari, Gvardiola Premer-ligada 250 ta o‘yin o‘tkazgan 29-murabbiyga aylandi, biroq u 250 ta o‘yinda 184 ta g‘alaba qozongan birinchi murabbiy bo‘ldi. Bu borada u "Liverpul" murabbiyi Yurgen Kloppdan o‘zib ketdi. Aytish kerakki, germaniyalik mutaxassis dastlabki 250 ta o‘yinda 160 ta g‘alaba qayd etgan.
Fikrlar