Gvardiola yana bir katta transferga qo‘l uryapti

  • 23 mart, 14:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yozgi transferlar bozorida faollik ko‘rsatishga tayyorlanyapti. Klub mutasaddilari tarkibni kuchaytiradigan o‘yinchilar ro‘yxatiga “Kristal Pelas” vakili Adam Uortonni ham kiritdi.

TEAMtalk nashrining yozishicha, 21 yoshli yarim himoyachining o‘yini “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolada yaxshi taassurot qoldirgan.

Uortonga Manchester shahrining ikkinchi klubi “Yunayted” ham da’vogarlik qilmoqda.

“Kristal Pelas” esa, ikki katta klub raqobatidan unumli foydalanib qolmoqchi. Daily Mail nashri “burgutlar” o‘z futbolchisini 70 million funtga baholayotganini ma’lum qildi.

Adam Uortonning klub bilan kelishuvi 2029 yilning yozigacha tuzilgan. Joriy mavsum 17 ta uchrashuvda ishtirok etgan o‘yinchi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan klub so‘rayotgan summadan ancha arzon – 35 million evroga baholagan.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!