
Gvardiola yana bir shogirdi bilan xayrlashishga majbur
“Manchester Siti” rahbariyati “Barselona”ga o‘tib ketgan Ferran Torresdan keyin yana bir hujumkor futbolchi Rahim Sterlingni ham qo‘yib yuborishga majbur.
The Mirror nashrining xabariga ko‘ra, angliyalik o‘yinchi klubni tark etishni istayapti. Klub mutasaddilari Sterlingni qolishga ko‘ndirmoqchi, biroq Rahim qarori qat’iy ekanini ta’kidlamoqda.
Rahim Sterlingni “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Xosep Gvardiola bu o‘yinchiga o‘zi istaganchalik o‘yin vaqti taqdim etmayapti. Shu bois, Sterling boshqa chempionatga ko‘chib o‘tishni mo‘ljallamoqda.
Fikrlar