Gvardiola “yangi Messi” kimligini aytdi

  • 9 avgust, 2022, 13:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola birinchi turda dubl qayd etgan Erling Xolandni sobiq shogirdi Lionel Messiga qiyosladi.

Tecno

- Menga yoqadigan o‘yin bo‘ldi. Menga murabbiy sifatida Lionel Messi bilan ishlash nasib qilgan. O‘shanda Leo ikkita gol urganda, xet-trikka erishishga harakat qilardi. Uchinchi to‘p kiritganda esa, pokerni ko‘zlardi. Zo‘r to‘purarlar hech qachon qoniqish hosil qilmaydi. Ular doimo golga chanqoq va ko‘proq natija ko‘rsatishga intiladi, - dedi Xosep  Gvardiola.

“Borussiya”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan Erling Xoland yangi jamoasi safida ikkita gol urib, jamoasiga safar uchrashuvida “Vest Xem” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba keltirdi.

Erling Xoland faoliyati davomida klublar miqyosida 185 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 137 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 36 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!