Gvardiola yangi yulduzni ko‘zlayapti

  • 11 dekabr, 2023, 10:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” tarkibini kuchaytirish maqsadida yangi o‘yinchilarni qidirmoqda. TodoFichajes nashrining yozishicha, Angliya chempionlari yangi yulduzlardan hisoblangan Xavi Simonsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Niderlandiyalik yarim himoyachi “Barselona” akademiyasida tarbiyalangan. Ayni paytda PSJ vakili hisoblansa-da, ijara asosida “Leyptsig”da o‘ynayapti.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Xosep Gvardiola Simonsni o‘z jamoasiga qo‘shib olishi oson bo‘lmaydi. Chunki PSJ futbolchining yanada o‘sishiga ishonmoqda va uni o‘z tarkibida saqlab qolishni rejalashtirgan.

“Shaharliklar” Simons uchun parijliklarga 80 million evro taklif qilmoqchi. Biroq aksariyat manbalar Frantsiya chempioni bu narxga Xavini qo‘yib yubormasligini ta’kidlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!