Gvardiola "Yuventus"ning 20 millionlik taklifini rad etdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Turin super klubidan tushgan taklifni rad etdi. "Eurosport"ning ma’lum qilishicha, "Yuventus" Gvardiola uchun yillik maoshi 20 million evro bo‘lgan shartnoma taklif qilgan. Biroq murabbiy turinliklarga rad javobini bergan.
"Keksa sinora"ning avvalgi murabbiyi Massimiliano Allegrining o‘rni hamon bo‘sh bo‘lib turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu vakant o‘ringa "Chelsi"ni tark etishi kutilayotgan Mauritsio Sarri asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Fikrlar