Klopp Gvardiolaning kushandasi!

  • 31 iyul, 2022, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Superkubogi uchun o‘tkazilgan uchrashuvda “Liverpul” futbolchilari mamlakatning amaldagi chempioni “Manchester Siti”ni 3:1 mag‘lubiyatga uchratib, sovrin sohibi bo‘ldi.

Tecno

Bu “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppning ispaniyalik hamkasbi Xosep Gvardiolaga qarshi 25-uchrashuvi sifatida qayd etildi.

Germaniyalik mutaxassis navbatdagi muvaffaqiyatdan keyin Gvardiola ustidan qozongan g‘alabalari sonini o‘n bittaga etkazib oldi. “Shaharliklar” ustozi esa o‘zaro to‘qnashuvlarda 9 marta zafar quchgan.

Shu orqali Yurgen Klopp Xosep Gvardiolani eng ko‘p mag‘lubiyatga uchratgan murabbiyga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!