Gvardiolaning qaysarligi Ronalduning transferiga to‘sqinlik qilyapti
“Tottenxem” yulduzi Harri Keyn o‘z jamoasida qolishini e’lon qilganidan keyin ko‘p gol uradigan hujumchiga ehtiyoj sezayotgan “Manchester Siti” rahbarlari e’tiborini Turindan ketmoqchi bo‘layotgan Krishtianu Ronalduga qaratdi.
“Shaharliklar” portugaliyalik hujumchiga yiliga 15 million evro maosh ko‘rsatilgan ikki yillik shartnoma berishga tayyor. Biroq, manchesterliklar “Yuventus” so‘rayotgan 25-30 million evro miqdorida badal puli o‘rniga o‘yinchilaridan birini bermoqchi.
“Yuventus” anchadan beri Gabriel Jezusni olishni ko‘zlab yuribdi va Ronaldu o‘rniga braziliyalik hujumchini so‘rayapti. Shunga qaramay, Xosep Gvardiola Jezusning ketishiga ruxsat bermayotgani Ronalduning transferiga to‘sqinlik qilyapti.
Ayni paytda Krishtianuning agenti Jorje Mendesh Turinga keldi va tomonlarni kelishtirishga harakat qilmoqda.

Fikrlar