Gvardiolaning yangi talabi! "Siti" yozda katta transferga qo‘l uradi
"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoniga "Manchester Siti" tomonidan qiziqish bo‘lmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur futbolchiga "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiolaning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda va klubdan uni sotib olishni so‘radi. Italiyalik "stopper"ning klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z yakuniga etadi.
Bastoni katta ehtimol bilan yozda "neradzurrilar"ni tark etadi. Sababi, "Inter" uning transferidan pul ishlab olish niyatida.
Qayd etish lozim, Alessandroga APLning boshqa klublaridan ham qiziqishlar bo‘layotgandi. Ma’lumot uchun, Bastonining transfer narxi 55 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar