
Gyundogan dubl qayd etgan bahsda "Siti" "Vest Bromvich"ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
Angliya Premer-ligasi 20-turida "Manchester Siti" "Vest Bromvich" bilan bahs olib bordi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yin "shaharliklar"ning hujumlari ostida o‘tdi. 6-daqiqada Ilkay Gyundogan raqib darvozasiga tezkor golni joylab qo‘ydi. 22-daqiqada Joau Kanselu jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab, gollar sonini ikkitaga etkazdi. 8 daqiqadan so‘ng, Ilkay Gyundogan dublni rasmiylashtirdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Riyad Mahrez raqib darvozabonini dog‘da qoldirdi. 57-daqiqada Rahim Sterling ochiq qolgan darvozani ishg‘ol qildi va o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, "Siti" 19 ta o‘yinda 41 ochko to‘plab, 1-pog‘onaga ko‘tarilib oldi, "Vest Bromvich" esa 20 o‘yinda 11 ochko bilan 19-o‘rinda qoldi.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar