
Gyundogan faoliyatini qaerda yakunlamoqchi?
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan faoliyatini aynan “shaharliklar” safida yakunlash niyatida ekanini aytdi.
“Faoliyatimning oxirigacha “Manchester Siti”da o‘ynashimni tasavvur qila olaman. Bu erdagi ish uslubi aqlbovar qilmaydigan darajada tashkil etilgan. Faoliyatim davomidan bunaqasini ko‘rmaganman. Bizning jamoamiz faqat futboldan iborat emas. Men mana shunday oilaning a’zosi ekanimdan xursandman”, - dedi germaniyalik futbolchi.
Gyundogan “Manchester Siti”ga 2016 yil “Borussiya” Dortmunddan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 13 ta gol urdi.
Fikrlar