
Gyundogan o‘tgan oyning eng yaxshisi bo‘ldi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Angliya Premer-ligasining o‘tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Bu haqda Liga matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Shaharliklar" futbolchisi yanvar oyida 6ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi. Gyundogan faoliyatida ilk bor bu sovringa ega chiqdi.
Manchester klubi murabbiyi Xosep Gvardiola ham o‘tgan oyning eng yaxshisi bo‘lgandi.
Fikrlar