Habib: Dana Uayt yana jang qilishimni istagandi, keyingi janglarim juda katta gonorar keltirardi

  • 28 oktabr, 2020, 03:26
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC chempioni Habib Nurmagomedov "UFC 254" turniri doirasida Jastin Getjini mag‘lub etganidan so‘ng, faoliyatini yakunlagani haqida fikr bildirdi.

"Kimlardir yana jang qilishimni xohlayapti, kimlardir qarorimni ma’qullayapti. Albatta, Dana Uayt yana jang qilishimni istagandi, chunki bu foyda keltiradi. Mening keyingi janglarimdan juda katta gonorar qolardi.

Ammo men qaror qabul qilib bo‘ldim va uni o‘zgartirmayman. O‘z davrining cho‘qqisiga chiqqanida faoliyatini yakunlashni har kim ham eplolmaydi. Bunaqasi deyarli bo‘lmagan. Ammo aniq bilamanki, ayni vaqti etib kelgandi. Men bu sportda eng yaxshi bo‘lish uchun etarlicha ishlab bo‘ldim.

Bugun UFC vazn toifasidan qat’iy nazar bo‘lgan reytingda meni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Vazifa bajarildi!",  - dedi Nurmagomedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!